Hippo EDI Elektron ma’lumot almashinuvi integratsiyasi

Hippo EDI O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi savdo tarmoqlari yetkazib beruvchilari, distribyutorlar va ulgurji kompaniyalarni elektron hujjat almashinuvi (EHA) va EDI-xabar almashinuvi tizimiga ulaydi.

Platformaga kirish

Hippo-EDI tizimining riteyl uchun afzalliklari

Ishonchlilik va xavfsizlik

  • Yetkazib beruvchilar bilan nizolarni hal qilishda ortiqcha vaqt va asabiylashishning oldini oladi — EDI-provayder hujjat yuborilganligi va qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Hujjatlar ruxsatsiz kirishdan himoyalangan.

Yetkazib berish kafolati

  • Hujjat yo‘qolganida uni qayta jo‘natish uchun vaqt sarflash shart emas – EDI-hujjatlar yo‘qolmaydi va EDI-provayder tomonidan saqlanadi.

Yetkazib berish tezligi

  • Hujjatlarni iloji boricha tez kelishish.
  • Tovar kelishidan oldin yuk hujjatlarini olish.

Aniqlik

  • Qo‘lda bajariladigan operatsiyalarni minimallashtirish xatoliklarni oldini oladi.
  • Ma’lumotlarni kiritish bosqichida xatoliklarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish.
  • Buyurtma joylashtirishdagi xatoliklarni kamaytirish.

Tezlik va soddalik

  • Kadrlar sonini oshirmasdan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash.
  • Hujjatlarni tayyorlash uchun minimal vaqt.

EDI va SAP integratsiyasi

  • Riteylda EDI SAP joriy etilishi SAP hujjat almashinuvi imkoniyatlarini kengaytiradi va jarayonni tezlashtiradi.
  • EDI-xabarlar va elektron hujjatlarni jo‘natish va qabul qilish, shuningdek, imzolashni o‘zingizga qulay interfeys orqali amalga oshirish imkoniyati.

Hippo-EDI tizimining yetkazib beruvchilar uchun afzalliklari

EDI va 1C integratsiyasi

  • 1C moduli EDI-xabarlar va 1C ma'lumotlari bilan ishlashni yagona oyna rejimida amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish jarayonida ma’lumot yo‘qotish yoki buzilish xavfini bartaraf etadi.

Buyurtmalarni qabul qilish uchun yagona markaz

  • Chakana savdo do‘konlaridan barcha buyurtmalar bitta joyda. Do‘konlar, filiallar va buyurtma raqamlariga qarab filtr orqali osongina topish mumkin.

Potensial xaridorlar bozorini kengaytirish

  • Mahsulot kataloglari va narxlar ro‘yxatlarini keng auditoriyaga taqdim etish, past xarajatlar bilan yangi mijozlarni topish imkoniyati, turli parametrlarga ko‘ra mahsulot qidirish va ular bilan tezkor taklif va xabar almashish imkoniyati.

Xarajatlarni tejash

  • Sotuvchi kompaniyaning xodimlari ma'lumotlarni qo‘lda kiritish kabi murakkab jarayonlardan ozod bo‘ladi (buyurtma, yetkazib berish to‘g‘risida bildirishnoma, qabul qilish to‘g‘risida bildirishnoma, hisob-faktura, yuk xati (TН yoki TТН), sotish hisobotlari, savdo statistikasi va boshqalar). Buyurtmalarni qayta ishlash va pochta, faks yoki kurer xizmatlari uchun xarajatlar kamayadi.

Qo‘lda kiritishdagi xatolarni bartaraf etish

  • Elektron ma'lumot almashinuvi qo‘lda kiritishdagi xatolar ehtimolini yo‘q qiladi, bu esa ko‘pincha ortiqcha xarajatlarga olib keladi.

Xabarlarni darhol qabul qilish

  • Hippo tizimidagi EDI-xabarlar yuborilganidan keyin 10-30 soniya ichida qabul qiluvchiga yetkaziladi. Buyurtma yetib kelishini kutish, faks sifatidan xavotir olishga hojat qolmaydi.

Xavfsizlik

  • EDI-xabarlar tarkibini faqat yuboruvchi va qabul qiluvchi ko‘ra oladi (hatto tizim administratorlari ham ko‘ra olmaydi). Qattiq xavfsizlik choralari ruxsatsiz ma'lumotga kirishni imkonsiz qiladi.

Qog‘ozli hujjatlarni qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish

  • EDI odatdagi qog‘ozli hujjatlar almashinuviga qaraganda tejamkorroq bo‘lib, bosib chiqarish, qayta ishlash va jo‘natish xarajatlarini kamaytiradi. Elektron hujjatlar almashinuvi orqali xarajatlarni 80% gacha qisqartirish mumkin.

Imkoniyatlar Hippo-EDI

Hippo-EDI kompaniyalar o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi jarayonini avtomatlashtirish uchun kuchli vositalarni taqdim etadi. Tizim hujjatlar bilan ishlashda xatolarning oldini oladi, turli tizimlar bilan integratsiyalashishga imkon beradi va kontragentlar bilan o‘zaro munosabat samaradorligini oshiradi.

Buyurtmalarni jo‘natish

Hippo-EDI orqali buyurtmalarni jo‘natish kompaniyalarga buyurtmalarni yaratish va jo‘natish jarayonini elektron formatda integratsiya qilish va avtomatlashtirish imkonini beradi.

Buyurtmalar asosida TТN va hisob-fakturalarni yaratish

Hippo-EDI asosida tovar-transport yuk xati (TTN) va hisob-fakturalarni yaratish biznesdagi hujjatlar almashinuvi jarayonlarini avtomatlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.

Shartnoma bo‘yicha zarur ma’lumotlarni avtomatik chiqarish

Hippo-EDI tizimidan foydalanib shartnoma bo‘yicha zarur ma’lumotlarni avtomatik chiqarish jarayonlarni sezilarli darajada tezlashtiradi va shartnomaviy munosabatlarga oid ma’lumotlarni tahlil qilishni osonlashtiradi.

Shartnomalarni ommaviy jo‘natish

Hippo-EDI tizimi orqali shartnomalarni ommaviy jo‘natish turli oluvchilarga ko‘plab hujjatlarni yetkazib berish jarayonini soddalashtirib, ushbu jarayonni avtomatlashtirish va tezlashtirishga yordam beradi.

Yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitob statistikasi

Bu tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tahlil qilish, to‘lovlar holatini kuzatish, qarzdorlikni aniqlash va kelajakdagi to‘lovlarni prognoz qilish uchun muhim ma’lumotlardir.

Telegram-bot orqali yangi harakatlar haqida bildirishnomalar

Telegram-bot orqali yangi harakatlar haqida bildirishnomalar xodimlar, mijozlar yoki hamkorlarni buyurtmalar, to‘lovlar, shartnoma shartlarining bajarilishi va tizimdagi boshqa muhim harakatlar haqida tezkor xabardor qilish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Bizga yetakchi kompaniyalar ishonadi!

testtesttesttesttesttesttesttest

Tariflar

EDI-Base

Tarif muddati: 1 oy

0.5 БРВ = 187 500сум
  • Mavjud hujjatlar soni: 300 шт
  • Har bir limitdan oshgan hujjat uchun to‘lov: 375 сум
  • Cheklanmagan buyurtmalarni qabul qilish
  • Buyurtmalarni qaytarish imkoniyati
  • Tizimda rollardan foydalanish imkoniyati