HippoPOS — Onlayn savdo uchun rasmiy virtual kassa tizimi
HippoPOS virtual kassasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy yechimdir. Tizim fiskal modulga ulanadi va fiskal hujjatlarni real vaqt rejimida avtomatik tarzda fiskal ma’lumotlar operatoriga yuborishni ta’minlaydi. Shuningdek, cheklarni chop etish funksiyasi ham mavjud.
HippoPOS virtual kassasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun «ART OF BUSINESS ASSISTANCE» MCHJ bilan shartnoma tuzish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati
- Tadbirkorlik subyekti rekvizitlari (Nomi, INN / PINFL, Yuridik manzil, OKED, MFO, Bank nomi, Hisob raqami)
- Faoliyat turi
- Direktorning F.I.Sh.
- Ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi
- Telegramdagi savdo nuqtalarining manzili va lokatsiyasi
- Savdo nuqtalarining nomi
- Savdo nuqtalarining rasmlari
- Tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan mahalla va savdo nuqtasi joylashgan mahallaning nomi
- Savdo nuqtalari joylashgan joyning kadastri yoki ijaraga berish shartnomasi (ijara guvohnomasidan tashqari, shartnoma ham kerak)
- Direktorning pasport nusxasi
- Aloqa uchun joriy telefon raqami (SMS bildirishnomalar uchun)
- 2D skaner sotib olish shartnomasi yoki korxonaga qabul qilish akti
- QQS to‘lovchisi bo‘lsangiz, ro‘yxatga olish raqami
HippoPOS virtual kassa foydalanuvchilari uchun ma'lumot
Fiskal modul
- Bu kriptografik himoyadan foydalangan holda fiskal maʼlumotlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qurilma bo‘lib, himoyalangan dasturiy ta’minotga ega. U fiskal xotira vazifasini bajaradi va savdo maʼlumotlarining ishonchli tarzda qayd qilinishini hamda himoyalanishini ta’minlaydi. Ushbu qurilma "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi DUK mulki hisoblanadi va TChTX markazi bilan shartnoma bekor qilinganda tadbirkor tomonidan majburiy ravishda qaytarilishi lozim.
Virtual kassa hisobdan chiqarish tartibi.
- Virtual kassani hisobdan chiqarish uchun ofisimizga shaxsan kelib, quyidagi hujjatlarni imzolashingiz zarur: Shartnomani bekor qilish va virtual kassani hisobdan chiqarish haqida xat, Fiskal modulni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (FMQD), Soliq organlariga virtual kassani hisobdan chiqarish uchun ariza. 📞 Iltimos, kassani hisobdan chiqarish niyatingiz borligini oldindan +998 71 200 63 63 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar bering. Biz barcha zarur hujjatlarni tayyorlaymiz va sizga tashrif va imzolash uchun qulay vaqtni bildiramiz.
Bizning TXM markazimizga o‘tish
- Agar sizda HippoPOS virtual kassasi mavjud bo‘lsa, ammo uning texnik xizmat ko‘rsatishi boshqa texnik xizmat markazi (TXM) tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, siz bizning markazimizga o‘tishingiz mumkin. 📞 Buning uchun +998 71 200 63 63 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, TXMni almashtirish istagingizni bildiring. Biz barcha zarur hujjatlarni tayyorlaymiz va ofisga tashrif buyurish va hujjatlarni imzolash uchun sizga qulay vaqtni ma’lum qilamiz.
Texnik yordamni qanday olish mumkin?
- Texnik yordam yoki maslahat olish uchun har doim bizning jamoamiz bilan quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin: +998 71 200 63 63. Markaziy texnik ofis (CTO) manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod ko‘chasi, 7-uy. HippoPOS virtual kassa tizimi bilan bog‘liq har qanday texnik masalalarda sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz va savollaringizga javob beramiz.
Qancha summa va qayerga to‘lanishi kerak?
Fiskal modulni chiqarish
Har bir fiskal modul uchun belgilangan miqdordagi to‘lov har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi «Yangi Texnologiyalar» DUK hisobiga amalga oshiriladi.
- To‘lov uchun rekvizitlar:
- ГУП «НИЦ «Янги Технологиялар»
- Р/С: 2021 0000 1004 3120 0010
- АКБ «KAPITALBANK»
- МФО: 01018
- ИНН: 201 589 463
Virtual kassani o‘rnatish uchun bir martalik to‘lov
Har bir virtual kassa uchun belgilangan miqdordagi to‘lov «ART OF BUSINESS ASSISTANCE» MChJ hisobiga amalga oshiriladi.
- To‘lov uchun rekvizitlar:
- ART OF BUSINESS ASSISTANCE
- Р/С: 2020 8000 1053 1992 3001
- МФО: 01067
- Инн: 308011454
- ОКЭД: 62010
Oylik to‘lov
Har bir virtual kassa uchun belgilangan miqdordagi to‘lov har oyda «ART OF BUSINESS ASSISTANCE» MChJ hisobiga amalga oshiriladi.
- To‘lov uchun rekvizitlar:
- ART OF BUSINESS ASSISTANCE
- Р/С: 2020 8000 1053 1992 3001
- МФО: 01067
- Инн: 308011454
- ОКЭД: 62010